Faxriy futbolchi va murabbiy Birodar Abduraimov 80 yoshni qarshi oldi, OʻFAda Oʻzbekiston respublikasi prezidenti maslahatchisi Odil Abdurahmonov, OʻFA prezidenti Abdusalom Azizov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, OʻFA vitse-prezidenti Azizbek Ikromov, MOQ bosh k, FUTSAL UZBEKISTAN. Official website
News
14.05.2023
Faxriy futbolchi va murabbiy Birodar Abduraimov 80 yoshni qarshi oldi
14.05.2023
Faxriy futbolchi va murabbiy Birodar Abduraimov 80 yoshni qarshi oldi
14-may kuni mamlakatimiz futboli afsonasi, faxriy futbolchi va murabbiy Birodar Abduraimov 80 yoshni qarshi oldi. Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida Birodar Hasanovich va yaqinda oʻzining 60 yoshini qarshilagan Igor Shkvirinning yubileyi munosabati tadbir boʻlib oʻtdi.
OʻFAda Oʻzbekiston respublikasi prezidenti maslahatchisi Odil Abdurahmonov, OʻFA prezidenti Abdusalom Azizov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, OʻFA vitse-prezidenti Azizbek Ikromov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, qoʻshni davlatlardan tashrif buyurgan futbol faxriylari, shuningdek yaqin va uzoq oʻtmishdagi futbolimiz yulduzlari ishtirok etdi. Yigʻilganlar Birodar Abduraimov va Igor Shkvirinning yubiley bilan tabrikladilar va sermahsul faoliyatlarini yodga oldilar.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq oʻzining yuksak professional mahorati, bilim va tajribasi bilan mamlakatimizda sportni rivojlantirish, oʻzbek futboli maktabi anʼanalarini shakllantirish, uning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari, milliy terma jamoa uchun isteʼdodli futbolchilarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida yetuk va barkamol etib tarbiyalash, aholi oʻrtasidagi sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etishga qoʻshgan munosib hissasi, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Birodar Hasanovich Abduraimov “Mehnat shuhrati” va Igor Anatolyevich Shkvirin “Doʻstlik” ordenlari bilan mukofotlandi.
Tadbir davomida OʻFA prezidenti futbol jamoatchiligi nomidan faxriylarni tabriklab, ularga uzoq umr va sihat-salomatlik tiladi.
“Oʻzbek futbolini dunyoga tanitgan va vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qilayotgan futbolimizning ikki afsonasi mehnati bugun Prezidentimiz tomonidan munosib taqdirlandi. Koʻpgina iqtidori yoshlarni tarbiyalagan, va futbolimiz rivojiga ulkan hissa qoʻshgan faxriylar hech qachon eʼtibordan chetda qolishmaydi. Sizning hayot yoʻlingiz yosh futbolchilar uchun namuna boʻlishi kerak. Men ishonaman, hozirgi futbol faxriylarimiz oʻz ishlarini davom ettirishadi va yana koʻp kuchli futbolchilarni terma jamoalarimizga tarbiyalab berishadi” — dedi OʻFA prezidenti.
Oʻz navbatida, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov ham yubiley yoshni qarshi olgan sportimiz fidoyilarining futbolchi va murabbiylikdagi yutuqlarini eslab oʻtdi. Shuningdek qoʻshni davlatlardan tashrif buyurgan futbol faxriylari, klublar hamda Birodar Abduraimov bilan bir davrda faoliyat olib borgan bir qator afsonalar kun qahramonini muborakbod etishdi.
Tadbir davomida minnatdorchilik ramzi sifatida turli tashkilotlar tomonidan mukofotlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.