Yangi Futzal federatsiyasi rahbariyati tasdiqlandi, www.futsal.uz, FUTSAL UZBEKISTAN. Official website
News
25 December
Yangi Futzal federatsiyasi rahbariyati tasdiqlandi
25 December
Yangi Futzal federatsiyasi rahbariyati tasdiqlandi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi muassisligida O‘zbekiston futzal federatsiyasi tashkil etildi. Avvalroq mazkur tashkilot nafaqat futzal, balki sohil futboli uchun ham mas’ul bo‘lishi xabar qilingandi.
25-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi rahbariyati ishtirokida taqdimot marosimi o‘tkazildi. Tadbir Hilton mehmonxonasining anjumanlar zalida bo’lib o’tdi.
Mazkur taqdimot marosimida futbol klublari vakillari, futzal mutaxassislari, hududiy assotsiatsiyalar rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.
OʻFA prezidenti Abdusalom Azizov soʻzga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan futbolga, xususan futzalga katta e'tibor berilayotganini aytib oʻtdi. FIFA tomonidan Jahon chempionati yurtimizga ishonib topshirilgani va davlatimizning gʻamxoʻrligi bilan musobaqa yuqori saviyada tashkil etilganini qayd etdi.
Jamoamiz musobaqada muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. Bu esa futzalni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish zarur ekanligini koʻrsatib berdi. Mazkur masala assotsiatsiyada koʻp marotaba oʻrganib chiqildi, dedi OʻFA rahbari.
2025-yildan eʼtiboran faoliyatini boshlaydigan Oʻzbekiston futzal federatsiyasi prezidenti etib respublikamizda futbol va futzal sport turlarining rivojlanishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan, aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishda faollik koʻrsatayotgan, yurtimizning faol tadbirkorlaridan biri, BMB Xolding kuzatuv kengashi raisi Bekzod Akmalovich Mamatqulov nomzodi maʼqullandi.
• Bekzod Mamatqulov — federatsiya prezidenti;
• Aziz Akbarjonov — vitse-prezident;
• Ma’rufjon Abdullayev — bosh kotib.
Tadbir davomida futzal boʻyicha terma jamoamizning keyingi Jahon chempionatlarida munosib ishtirok etishiga tilak bildirildi.