TALABALAR LIGASI, “Talabalar ligasi-2025” musobaqalarining Toshkent shahar bosqichiga qur’a tashlandi, FUTSAL UZ. Официальный сайт

Новость

04 февраля

TALABALAR LIGASI

04 февраля

TALABALAR LIGASI

2025-yilning 3-fevral kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi majlislar zalida “Talabalar ligasi-2025” musobaqasining Toshkent shahar bosqichini o‘tkazish bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Mazkur yig‘ilishda musobaqa nizomi, qoidalari, jamoalarni guruhlarga bo‘lish, hakamlik, musobaqa o‘tkaziladigan sport inshootlari va muddatlari yuzasidan to‘liq ma’lumotlar berildi. Unga ko‘ra, uchrashuvlar joriy yilning 5-fevral kuni start oladi va fevral-mart oylari davomida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan III bosqichli mazkur musobaqaning Toshkent shahar bosqichida poytaxtimizdagi 50 ta oliy ta’lim muassasasalarining jamoalari 8 ta guruhga bo‘lingan holda bahslarda ishtirok etadi.

Joriy yilning aprel-may oylari davomida “Talabalar ligasi”ning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi va unda Toshkent shahridan 3 ta, barcha viloyatlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bittadan jamoa qatnashadi.

Batafsil: t.me/FAUzbekistan