FOOTBALL FOR SCHOOLS, FUTSAL UZBEKISTAN. Official website

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-115 “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosini taʼminlash, shuningdek, FIFAning “Football for schoolʼs” dasturi yuzasida maktablarda futbol musobaqalari tashkillashtirilmoqda. 

Yosh oʻquvchi oʻgʻil-qizlarni guruhlarga boʻlish, murabbiylar qoʻl ostida mashgʻulotlar, futbol oʻynashning asosiy taktik va texnik elementlari, iqtidorli futbolchilar futbol va sport maktablarining selektsionerlari nazariga tushishi va karyera tuzish imkoniyatlari - tizimli joriy etish lozimdir. 

Batafsil: https://www.fifa.com/social-im...

Joriy yilning 27-29-aprel kunlari FIFA, OʻFA hamda Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorlikda “Football for schools” dasturi doirasida seminar mashgʻulotlari tashkil etilgan edi.

Yakuniga yetgan seminarlar natijalariga ko‘ra FIFAning “Football for schools” dasturiga mamlakatimizdagi 512 ta umumta’lim maktablari tanlab olindi. Mazkur dastur orqali maktablardagi jismoniy tarbiya o'qituvchilari va murrabiylar “Football for schools” maxsus ilovasi yordamida mashgʻulotlarga futbol to'garaklarini kiritishlari mumkin bo'ladi. 

Ushbu ilova bolalarga futbol tushunchalarini bosqichma-bosqich berib borish bo‘yicha murabbiylar uchun qo‘llanma vazifasini bajaradi. Ilovada bolalar uchun mashqlar va misollar ko'rsatib o'tilgan. Mazkur ilovadan barcha murrabiy va oqituvchilar foydalanishi mumkin:

⬇️Yuklab olish uchun:

Google Play | Appstore



Photo

All photos

Video

All videos