YANGI MAVSUM 2024-25, Futzal Oliy ligasiga 21-oktyabr kuni qur’a tashlanadi, FUTSAL UZBEKISTAN. Official website

News

18 October

YANGI MAVSUM 2024-25

Kuz-bahor tizimida o‘tkazib kelinadigan futzal bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasi mamlakatimiz mezbonlik qilgan Jahon chempionati hamda unda qayd etilgan natija fonida bosqichma-bosqich isloh qilinadi. Assotsiatsiya hamda Liga bu borada o‘rganish ishlarini boshladi. 

Unga qadar esa 2024/25-yilgi futzal mavsumi bir davralik tizimda kelasi yilning yanvar oyi yakuniga qadar o‘tkaziladi. Bunda Oliy liganing 12 ishtirokchisi o‘zaro bir martadan kuch sinashishi ta’minlanadi va yakunda g‘olib aniqlanadi. Unga qadar esa Assotsiatsiya hamda Liga futzalni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlarini ishlab chiqishi ko‘zda tutilgan.

Musobaqaga 21-oktyabr kuni qur’a tashlanadi. Jarayon 15:00 dan boshlab Liga rasmiy sahifalari orqali jonli efirga olib chiqiladi. 1-tur bellashuvlari esa 28-oktyabr kuni start oladi va unga Toshkentdagi “Yunusobod” SM mezbonlik qiladi.